» » 2016 yilda orziqib kutilayotgan jahon kinolari:

Закладки 2016 yilda orziqib kutilayotgan jahon kinolari:

Название:
2016 yilda orziqib kutilayotgan jahon kinolari:
Жанр:
Дата:
25-12-2015, 14:02
Просмотры:
3554
 

2016 yilda orziqib kutilayotgan jahon kinolari:


     Kelayotgan yilda film lavhalaridagi reyting natijalari bo’yicha tomoshabinlar uchun eng ommabop filmlar o’ntaligi ro’yxatini "Sabo" gazetasining tahririyati tuzib chiqishdi.


1. Kventin Tarantinoning "Manfur sakkizlik” (The Hateful Eight) filmi. Voqealar urushdan keyingi AQShda sodir bo’ladi. Jon Rut qo’lga olingan mahkumni belgilangan manzilga eltishi kerak. Yo’lda ularga yana bir kishi qo’shiladi. Ob-havo yomonligi sababli, boshpana izlab, do’kondan qo’nim topishadi. U erda general, sherif, meksikalik, frantsuz va kovboy ham bo’lishadi. Ulardan biri shubhali shaxs, ya’ni qallob. Ammo qaysi biri? Buni filmni ko’rish davomida bilib olishimiz mumkin.

Filmda mashhur aktyorlardan Semyuel Jekson va Tim Rot ishtirok etishgan.

2. Alexandro Gonsalesning "Omon qolgan kishi” (The Revenant), deb nomlangan trilleri. Leonardo Di Kaprio o’ynagan mazkur film taqdir hukmiga tashlab ketilgan yarador ovchining hayoti xususida hikoya qilinadi. U tirik qolib, yordam bermasdan, o’lib ketaver, deya qoldirib ketganlardan qasos olish istagida.

3. Tim Millerning "Dedpul” (Deadpool) fantastik sarguzasht filmi. Sobiq maxsus xizmat zobiti Ueyd Uilsonning boshidan kechirganlari komediya tarzida ko’rsatib berilgan. U tajriba natijasida g’ayritabiiy qobiliyatlarga ega bo’ladi. U o’ziga Dedpul degan taxallusni olib, hazilkashligini tark etmagan holda, hayotini barbod qilgan kishini izlashga kirishadi.

4. Lui Leterening "Aka-uka Grimsbilar” (The Brothers Grimsby) komediyasi. O’ta maxfiy topshiriqni ado etayotgan maxsus ayg’oqchining sarguzashtlari kulgili voqealar orqali aks ettirilgan.

5. Alessandro Karlonining "Kung-fu Panda - 3” (Kung Fu Panda 3) multfilmi. Mashhur multfilmning davomi bo’lib, Xitoydagi kung-fu ustalarini qirib tashlayotgan yovuz Kayga qarshi chiqish uchun qishloq ahliga kung-fu usullarini o’rgatgan Po haqida.

6. Zak Snayderning "Betmen Supermenga qarshi” (Batman v Superman) fantastik filmi. Filmda ikki superqahramon o’zaro kurashadilar.

7. Ariel Vromenning "Jinoyatchi” (Criminal) detektiv, kriminal janridagi filmi. MRB josusi va o’ta xavfli jinoyatchi to’g’risida.

8. Entoni va Jo Russoning "Birinchi qasoskor: qarshilik ” (Captain America: Civil War) fantastik filmi. Kapitan Amerika va qasoskorlar dunyoni himoyalashda davom etadilar, ammo o’ta qobiliyatli kishilar faoliyatini nazorat qilish va cheklash haqida qonun qabul qilingach, guruh ikkiga ajraladi: birini kapitan Amerika, ikkinchisini Temir odam boshqaradi.

9. Brayan Singerning "Iks odamlar: Oxirzamon” (X-Men: Apocalypse) fantastik jangari kinosi. Iks odamlar filmining davomi. Birinchi va eng kuchli mutant – Oxirzamon xususida. Ming yillik uyqudan uyg’ongach, u dunyoga yangicha tartib-intizom o’rnatishga qaror qiladi. Iks odamlar uni to’xtatishga va kelib chiqish sir-asrorlaridan voqif bo’lishga intilishadi.

10. Dankan Jonsning "Varkraft” (Warcraft) tahayyulot o’yini asosida ishlangan film.

 

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz