» » HOMILA IRSIYATINI SUN’IYLASHTIRISH MUMKINMI?

Закладки HOMILA IRSIYATINI SUN’IYLASHTIRISH MUMKINMI?

Название:
HOMILA IRSIYATINI SUN’IYLASHTIRISH MUMKINMI?
Дата:
4-12-2015, 20:49
Просмотры:
1368
 
 
 
HOMILA IRSIYATINI SUN’IYLASHTIRISH MUMKINMI?

     Homiladorlik davrida me’yoriy rivojlanishiga mo’ljallangan inson embrionining irsiyatini o’zgartirish hozircha taqiqlangan. Insoniyat irsiyatini tahrirlashga bag’ishlangan Buyuk Britaniya, AQSh va Xitoy olimlarining uch kunlik sammiti natijalariga ko’ra, shunday qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda Nature News.
      Olimlar oqibati kelgusi avlod nasliga o’tmaydigan irsiy muhandislik tibbiy texnologiyalarini rivojlantirishga rozilik bildirishdi.  Gap, masalan, yarim oy shaklidagi anemiyani keltirib chiqaruvchi yoki immun hujayralarini sun’iylashtirish (ayniqsa, o’smaga qarshi samarali kurasha olishi uchun) haqida bormoqda.
     "Biroq homila irsiyatidagi chiziqlarni bola tug’ilguniga qadar o’chirish yoki o’zgartirish (irsiy kasalliklardan davolash yoki kasallikning kelgusi avlodga o’tishining oldini olish maqsadida) – hozircha maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga kelishdi. Chunki, homilani irsiyatiga o’zgartirish kiritish  hali xavfsizlik choralari  bilan bog’liq muammolar to’la-to’kis bartaraf etilmay turib va mazkur texnologiyalar xususida keng jamoatchilik roziligini olmay turib, klinik amalda qo’llash mas’uliyatsizlik bo’ladi”, - degan to’xtamga kelishdi olimlar.
     Majlis Vashingtondagi Milliy fanlar akademiyasining tibbiyot va muhandislik ishlari sohasida 1-3 dekabr kunlari o’tkazildi.
     Soha texnologiyasidagi xavf-xatar haqidagi bahs xitoylik olimlar birinchi bor 2015 yilning mart oyida inson homilasi irsiyatini sun’iylashtirganlaridan keyin boshlandi. Tszyuntszyu Xuan (Junjiu Huang) tajriba uchun mahalliy klinikalarning biridan olingan hayotga layoqatsiz, deb topilgan embrionni olishdi. Olim DNKdan beta-talassemiya – qonning og’ir irsiy kasalligini yuzaga keltiruvchi NVV mutantlik irsiyatini o’chirish uchunCRISPRG’Cas9 irsiyatini tahrirlashning mashhur tizimidan foydalanishdi. Biroq CRISPRG’Cas9 20 foizdan kam hollardagina muvaffaqiyatli yakunlandi.
     Olimlarning fikricha, homilalarning irsiyatini tahrirlash xavfli, negaki, ular o’zgargan DNK kelgusi nasli (avlodi)ga o’tadi va bir qarashda ahamiyatsizdek bo’lib tuyulgan "tuzatishlar” kelgusida jidiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, irsiyatni sun’iylashtirishning samarador tizimi nopok qo’llarga tushib qolib, ular bu usuldan g’ayriinsoniy maqsadlarda foydalanishlari mumkin.

Manba: "Sabo" gazetasi, 
Muzaffar Muhammadnazar tarjimasi

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?