» » AQSH SUDI IREK ILGIZNI UMRBOD QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI

Закладки AQSH SUDI IREK ILGIZNI UMRBOD QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI

Название:
AQSH SUDI IREK ILGIZNI UMRBOD QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI
Дата:
4-12-2015, 20:10
Просмотры:
606
 
 
AQSH SUDI IREK ILGIZNI UMRBOD QAMOQ JAZOSIGA HUKM QILDI

     AQSh sudi Irek Ilgizga nisbatan umrbod qamoq jazosi va 30 yil yopiq turdagi turmada ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tashlik haqida hukm chiqardi.
     Sud majlisida ma’lum qilinishicha, 55 yashar Irek Ilgiz Xamidullin "Amerika vertolyotlariga hujum qilganligi, amerikalik va afg’onistonlik askarlarni o’ldirganligi uchun” qamoqqa olingan,
     Asli rossiyalik, sobiq tank qo’mondoni  bo’lgan Irek Xamidullin muqaddam Afg’onistondagi "Tolibon” harakati va "Al-Qoida” guruhi tomonda terrorchilik faoliyati bilan shug’ullanganligi uchun aybdor deb topilgan (har ikki tashkilot ham Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan). Bu haqda AQShning Virjiniya shtatidagi Sharqiy okrug bo’yicha prokuror Dana Bente xabar qildi.
     Sud hay’ati Irek Xamidullinni majlisda o’qib eshittirilgan ayblovlarning barcha modda va bandlari bo’yicha aybdor degan qarorga kelishdi.
     Ayblanuvchi Afg’onistondagi jangarilarga jinoiy sherik bo’lganligi haqidagi ayblovlarni rad etib, sud majlisida o’z aybiga iqror bo’lmadi.
     Xamidullin Afg’onistonda hibsga olinib, Qo’shma Shtatlarda sudlanayotgan birinchi harbiy asir hisoblanadi. Unga nisbatan 15 ta band bo’yicha ayblovlar qo’yilgan.
     AQSh Adliya vazirligidan olingan axborotga ko’ra, taxminan 55 yoshlarda bo’lgan rossiyalik Xamidullin 2009 yilning noyabr oyida-yoq Afg’oniston hududida qo’lga olingan. 
     Shundan so’ng, u Parvan markaziy qishlog’ining Bagram aviabazasiga yaqin joyda joylashgan harbiy qamoqda hibsda saqlangan. Mahalliy nashrlarning yozishicha, Amerikalik harbiylar islom fundamentalistlari bilan to’qnashganda, Xamidullin qattiq yarador bo’lgan va natijada uni ushlab olishga muvaffaq bo’lishgan.
Xamidullinning himoyasi
     Oqlovchining ta’kidlashiga qaraganda, u amerikalik va afg’onistonlik askarlarga qarata o’q uzmagan, balki turli mamlakatlarning  jangarilari to’dasida tarjimonlik vazifasini bajargan. Advokat Robert Vagnerning so’zlariga ko’ra, Xamidullin beshta xorijiy tilni o’zlashtirgan ekan. Ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, u Afg’onistondagi islom lashkarlariga o’tguniga qadar sobiq ittifoq qurolli kuchlar qo’shinida xizmat qilgan.
     Qobuldagi Rossiya elchixonasi vakillarining Xamidullin bilan uchrashishga va vaziyatga oydinlik kiritishga urinishlari besamar ketdi. Diplomat bergan izohga ko’ra, elchixona vakillariga Bagramdagi aviabazaga kirish imkoniyati berilgan, ammo rossiyalik mahbus bilan yuzma-yuz uchrashtirishmagan va buning sababini, Xamidullin uchrashishni istamayapti, deb tushuntirishgan.

Manba: "SABO" gazetasi,     
Muzaffar Muhammadnazar tarjimasi
Tahririyat ruxsatisiz boshqa sayt yoki nashrlarga ko’chirib bosish taqiqlanadi.


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?