» » Tomskda ko’zi ojizlar uchun qiymati 1 ming rubl bo’lgan ultratovushli ko’zoynak ixtiro qilishdi.

Закладки Tomskda ko’zi ojizlar uchun qiymati 1 ming rubl bo’lgan ultratovushli ko’zoynak ixtiro qilishdi.

Название:
Tomskda ko’zi ojizlar uchun qiymati 1 ming rubl bo’lgan ultratovushli ko’zoynak ixtiro qilishdi.
Жанр:
Дата:
26-11-2015, 07:00
Автор:
Просмотры:
650
 
 
 

Tomskda ko’zi ojizlar uchun qiymati 1 ming rubl bo’lgan ultratovushli ko’zoynak ixtiro qilishdi.


 

     Moslama atrofdagi ob’yektlargacha bo’lgan masofani aniqlab, eshitish moslamasi orqali foydalanuvchiga ularning yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiruvchi tovush chiqaradi.

     Tomsk politexnika universiteti (TPU) ning yosh olimlari ko’rlar uchun narxi xorijdagi shu kabi moslamalarga qaraganda 10 marotaba arzon bo’lgan maxsus ko’zoynakni yaratishga muvaffaq bo’lishdi. Moslama ultratovushli ogohlantiruvchi tovush vositasida foydalanuvchiga qandaydir ob’yekt (inson yoki mashina, it, mushuk va hokazo) yaqinlashayotganligi haqida xabar beradi, deya ma’lum qilishdi universitetning axborot xizmati vakillari.

     "So’qir kishilar taqib yurishga odatlangan – qora ko’zoynakni takomillashtirishga, ko’zoynakning oynalari oralig’iga ogohlantiruvchi ovoz chiqariadigan ultratovushli datchiklar o’rnatishga asosiy e’tibor qaratildi. Ma’lumotlar moslamadagi mikronazoratda qayta ishlanadi va eshitish vositasiga uzatiladi. Natijada, foydalanuvchi o’ziga yaqinlashayotgan yoki o’zidan uzoqlashayotgan ob’yektning holati xususida ogohlantiruvchi tovush chiqarayotgan ovoz chastotasining baland va pastligiga qarab ajratadi: ob’yekt qancha yaqin bo’lsa, ogohlantirish tovushi shuncha baland va tez chalinadi”, - deyishdi matbuot xizmati vakillari.

     Ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, moslama ko’zi ojizlar uchun hassa vazifasini o’tashga qodir. U ko’rmaydigan kishilar qoqilishi mumkin bo’lgan ob’yektlar haqida ogohlantiradi, ammo to’qnashib ketish xavfidan xalos qilmaydi, albatta. Ko’zoynak bexato ishlaydigan maksimal samarador masofa 3.5 metrni tashkil qiladi. Mazkur masofa har bir santimetrgacha to’g’ri aniqlanadi. Hozirgi vaqtda asosiy vazifa – moslamaning o’lchami va og’irligini kamaytirishga qaratilgan. Bu moslama Tomskdagi ilmiy tadqiqot institutining tibbiy texnikalar bo’limi ("Rostex” ga qarashli "Roselektronika” korxonasi)ni hozirdan-oq qiziqtirib qo’ydi.

     TPU ma’lumotiga ko’ra, ko’zi ojizlarga mo’ljallangan shu kabi ko’zoynaklar odatda xorijda ishlab chiqarilar va narxining balandligidan tashqari, uni chet eldan keltirish uchun yana qo’shimcha narx qo’shilib, foydalanuvchiga juda qimmatga, taxminan 100 ming rublga tushar edi. Tabiiyki, bunday ko’zoynakni har qanday ko’zi ojiz odam bemalol sotib olishga qurbi ham, imkoni ham yetmas edi. Endilikda, Tomskda yaratilgan moslamani esa, atigi 1 ming rublga sotib olish mumkin.

     "Arzonlashtirish maqsadida, hozircha ayrim vazifalarni mustasno qilishimizga to’g’ri keldi. Masalan, yo’naltirgich olib tashlandi, maxsus o’lchagich o’rniga universal o’lchagichdan foydalandik. Shuningdek nikelli akkumulyatorlar o’rniga litiy-ionli polimer akkumulyatorlaridan foydalanishimizga to’g’ri keldi. Ammo yaroqlilik holati va kafolati xorijnikidan qolishmaydi, asosiysi, barcha ko’zi ojizlar uchun cho’ntakbop”, - deya izoh berdi moslama yaratuvchilaridan biri Aleksandr Klimkovich OAV vakillariga bergan suhbatida.

  

Muzaffar Muhammadnazar tarjimasi,
Manba: "Sabo" gazetasi
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz