» » Parijdagi teraktlarni uyushtirishda o‘smirlar ham qatnashgani xabar qilindi

Закладки Parijdagi teraktlarni uyushtirishda o‘smirlar ham qatnashgani xabar qilindi

Название:
Parijdagi teraktlarni uyushtirishda o‘smirlar ham qatnashgani xabar qilindi
Дата:
15-11-2015, 18:23
Автор:
Просмотры:
761
 
 
 
Parijdagi teraktlarni uyushtirishda o‘smirlar ham qatnashgani xabar qilindi

     Parijda 13-noyabr kuni qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgan terrorchilar orasida 15—18 yosh oralig‘idagi ikki o‘smir ham bo‘lgan. Bu haqda, Fransiyaning Le Figaro nashriga asoslanib, "Interfaks” xabar bermoqda.
     Le Figaro’ning sud-tibbiy doiralaridagi manbalarga asoslanib xabar berishicha, teraktlar davomida umumiy hisobda yetti terrorchi halok bo‘lgan: olti nafari o‘zini o‘zi portlatgan, yana biri huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘ldirilgan. Avvalroq sakkiz terrorchi o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.
     Parijda 13-noyabr, juma kuni teraktlar ketma-ketligi yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 129 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi yaralangan. Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakatda favqulodda holat tartibini joriy etgan, mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan.
     Teraktlar uchun javobgarlikni "Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti o‘z bo‘yniga olgan.
 
Manba: Daryo internet nashri

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz