» » Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-Prisining ilk kunida O'zbekiston vakillari 2ta medal oldi

Закладки Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-Prisining ilk kunida O'zbekiston vakillari 2ta medal oldi

Название:
Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-Prisining ilk kunida O'zbekiston vakillari 2ta medal oldi
Дата:
3-10-2015, 05:06
Автор:
Просмотры:
410
 
 
 
Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-Prisining ilk kunida O'zbekiston vakillari 2ta medal oldi

Toshkentda start olgan dzyudo bo'yicha Gran-pri turnirining dastlabki kun bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Birinchi kundan so'ng O'zbekiston terma jamoasi vakillari 2ta medalni qo'lga kiritishdi. Har ikki medal ham 60 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar tomonidan olindi.

Sharofiddin Lutfullaev finalda yaponiyalik Yuma Oshima bilan bahs olib borib, muddatidan avval mag'lubiyatga uchradi. Diyorbek O'rozboev esa bronza medali uchun turkiyalik Bekir O'zlu bilan bahs olib borishi kerak edi. Ammo turk dzyudochisi jarohati sabab bellashuvdan bosh tortdi va O'rozboev jangsiz g'alaba qildi.

Birinchi kun yakunidan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha O'zbekiston vakillari umumjamoa hisobida ettinchi o'rinni band etishdi. Yaponiya terma jamoasi 60 va 66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan sportchilarning muvaffaqiyatidan keyin 2ta oltin medal bilan yakka peshqadam bo'lib turishibdi.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz