» » Qozog'istonlik imom jinsiy aloqa solig'i haqida: shariatda xiyonat o'lim bilan jazolanadi

Закладки Qozog'istonlik imom jinsiy aloqa solig'i haqida: shariatda xiyonat o'lim bilan jazolanadi

Название:
Qozog'istonlik imom jinsiy aloqa solig'i haqida: shariatda xiyonat o'lim bilan jazolanadi
Дата:
2-10-2015, 01:31
Автор:
Просмотры:
1136
 
 
 
Qozog'istonlik imom jinsiy aloqa solig'i haqida: shariatda xiyonat o'lim bilan jazolanadi

Qozog'istonning Oqtepasidagi ruhoniylar Musulmonlar ittifoqi va Markaziy Osiyoda inson huquqlari bo'yicha Musulmonlar qo'mitasining jinsiy aloqa solig'ini joriy qilish haqidagi taklifidan hayratda. Imomlarning fikricha, shaxsiy hayotga suqilib kirish mumkin emas, xiyonat esa, shariatga ko'ra, o'lim bilan jazolanadi.

Shahar jome masjidi imomi Baqitbek Tojimbet "Diapazon” nashri bilan suhbatda ushbu tashabbusga o'z munosabatini bildirdi.
"Nikohdagi shaxslar intim munosabatlarga tamomila haqlidirlar, - ta'kidladi u. – Nikohga kirgan kelin kuyovdan mahr olmog'i darkor.

Bundan boshqa hech narsa kerak emas. Nikohdan tashqarida intim munosabatlarga kirishishni jarima bilan jazolash bu aldangan tuyg'ular va sindirilgan yurak uchun juda yumshoq choradir. Shariatga ko'ra, zino qilgan har ikki tomon bo'ydoq bo'lsa, ular qamchi bilan 100 marta savalanadi, agarda ular turmush o'rtoqlariga xiyonat qilgan bo'lsa, o'lim jazosiga hukm qilinadi. Ammo biz dunyoviy davlatda yashamoqdamiz, shu bois bunday holatlarni sudda hal qilmoqlik joiz. Ammo zinhor soliq bilan emas”.

Yaqinda Qozog'istonning ikki asosiy diniy tashkiloti jinsiy soliq joriy etishni taklif qildi. Taklifga ko'ra, nikohdagi qozog'istonliklar bitta jinsiy aloqa uchun 584 tanga to'laydi. Nikohdan tashqari jinsiy aloqa qilgan shaxslar ko'proq pul to'lashiga to'g'ri keladi – 1 893 tanga.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz