» » Moskva politsiyasi 28 mln rubl o'g'irlagan 72 yoshli pensioner ayolni hibsga oldi

Закладки Moskva politsiyasi 28 mln rubl o'g'irlagan 72 yoshli pensioner ayolni hibsga oldi

Название:
Moskva politsiyasi 28 mln rubl o'g'irlagan 72 yoshli pensioner ayolni hibsga oldi
Дата:
2-10-2015, 01:22
Автор:
Просмотры:
392
 
 
 
Moskva politsiyasi 28 mln rubl o'g'irlagan 72 yoshli pensioner ayolni hibsga oldi

Moskva politsiyasi 28 mln rubl o'g'irlaganlikda gumon qilinayotgan 72 yoshli pensioner ayolni hibsga oldi.

"Politsiyaga ma'lum bo'lishicha, Qarag'anda viloyatida yashovchi ayol shaxsi aniqlanmagan kimsalar bilan birga 2012-2015 yillar davomida aldov yo'li bilan fuqarolarning pullarini o'g'irlagan. Ayol jabrlanuvchilarni Moskvaning turli banklarida o'z ismlariga kreditlar rasmiylashtirishni va bu pullarni kelgusida boyish maqsadida turli daromadli biznes-loyihalarga sarflashga ko'ndirgan”, deb aytilmoqda IIV saytida.

Firibgar ayol fuqarolardan pullarni olib, ularga kreditning 10 foizga yaqinini to'lagan, qolganini esa keyinroq to'lab berishga va'da bergan. Kampir bu faoliyatga o'z tanishlarini jalb qilganlarga to'lovlarni oshirishga va'da bergan.

Dastlabki vaqtda qarzlar haqiqatda to'lab borilgan, biroq keyinroq jabrlanuvchilarga bank xodimlaridan to'planib qolgan qarzlar bo'yicha ogohlantirishlar kela boshlagan, "tadbirkor ayol” esa boshqa aloqaga chiqmagan.

Umumiy hisobda aldangan fuqarolarga 28 mln rubldan ko'proq moddiy zarar yetkazilgan, deb ta'kidlanmoqda politsiyala.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining "Juda katta miqdorda firibgarlik qilish” moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Ayol ayni paytda hibsda ushlab turilibdi.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz