» » O'zbek olimlari grippga qarshi yangi preparat yaratishdi

Закладки O'zbek olimlari grippga qarshi yangi preparat yaratishdi

Название:
O'zbek olimlari grippga qarshi yangi preparat yaratishdi
Дата:
2-10-2015, 00:14
Автор:
Просмотры:
384
 
 
 
O'zbek olimlari grippga qarshi yangi preparat yaratishdi

O'zbekiston Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti mutaxassislari tomonidan o'tkir virusli kasalliklarga qarshi «rutan» nomli yangi tabletka yaratilib, etakchi klinikalarda muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi. Bu haqda O'zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bergan.

O'zbek olimlari (Sh.Solihov, N.Abdullajonova, S.Mavlonov, A.To'raev) yaratgan «rutan» preparati ta'sirida organizmda interferonlar hosil bo'ladi va ular virusga qarshi kurashadi. Mazkur tabletka 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga gripp hamda o'tkir virusli respirator kasalliklarning oldini olish, davolash maqsadida tavsiya etiladi. Profilaktika uchun preparatni infektsiya keng tarqalgan vaqtda, xususan, bemorlar bilan muloqotdan so'ng qo'llash ham mumkin. Mazkur dori vositasi Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkentdagi 1-shahar shifoxonasida sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazilgach, Sog'liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan amaliyotda qo'llanilishi uchun ruxsat berildi.

Mazkur dori vositasi klinik tajribadan to'liq o'tkazilib, O'zbekiston Respublikasi patenti bilan himoyalandi va mamlakatimizdagi farmatsevtik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

"Rutan” tabletkasi totum o'simligi barglaridan yaratildi. Dori grippning A-H3N2, H1N1 va B(01), (03) gruppa shtammlariga nisbatan samarali ta'sirga ega.

Hozirgi paytda olimlar tomonidan ushbu dori vositasining nafaqat gripp (barcha tegishli hujjatlar olinib, sotuvga chiqarilgan), balki boshqa virus turlariga qarshi (gepatit, ko'z viruslari va boshqalar) shakllari o'rganilmoqda.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz