» » AQShda 19- urinishdan so'ng tibbiyot tarixida ilk bor oyoqlari falajlangan bemor mustaqil qadam tashlay boshladi

Закладки AQShda 19- urinishdan so'ng tibbiyot tarixida ilk bor oyoqlari falajlangan bemor mustaqil qadam tashlay boshladi

Название:
AQShda 19- urinishdan so'ng tibbiyot tarixida ilk bor oyoqlari falajlangan bemor mustaqil qadam tashlay boshladi
Дата:
1-10-2015, 07:38
Автор:
Просмотры:
403
 
 
 
AQShda 19- urinishdan so'ng tibbiyot tarixida ilk bor oyoqlari falajlangan bemor mustaqil qadam tashlay boshladi

Tanasining pastki qismi bir necha yillar muqaddam yo'l-transport hodisasi tufayli falajlanib qolgan amerikalik Adam Fritts noyob tibbiy amaliyotdan keyin to'rt metr masofani hech qanday tashqi yordamlarsiz bosib o'tdi, deya xabar berdi NTV telekanali.

Mazkur muvaffaqiyatga yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotida shifokorlarning bemor oyoqlaridagi asab tolalarini uning miyasi bilan bog'lashi natijasida erishildi. Tadqiqot iMove Kaliforniya universiteti laboratoriyasida bo'lib o'tdi. Innovatsion jarrohlik amaliyotining mohiyati shikastlangan orqa miya qismini aylanib o'tishga asoslangan. Bunda miyadan yo'naltirilgan elektr impulslar kompyuter orqali tizzalar ostiga joylashtirilgan elektrodlarga yuboriladi.

Ta'kidlash joizki, bunda faqatgina texnika yordamida muvaffaqiyatga erishilmadi: 28 yoshli bemor bir necha oylar davomida miyaning pastki qismlar harakatini ta'minlashga javobgar nuqtalarini qayta jonlashtirish va oyoq mushaklarini chiniqtirishga qaratilgan maxsus mashg'ulotlarni ado etdi. Faqatgina shifokorlarning 19- urinishidan so'ng bemor qadam tashlay boshladi.

Bu tibbiyot tarixida pastki qismi falajlangan bemorning robotlashtirilgan qurilmalar yordamisiz yana qaytadan yura boshlagan ilk hodisa bo'ldi.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz