» » Ukraina Radasi binosi oldida portlash sodir bo'lib, 15 nafar militsiya xodimi jabrlandi

Закладки Ukraina Radasi binosi oldida portlash sodir bo'lib, 15 nafar militsiya xodimi jabrlandi

Название:
Ukraina Radasi binosi oldida portlash sodir bo'lib, 15 nafar militsiya xodimi jabrlandi
Дата:
31-08-2015, 22:51
Автор:
Просмотры:
487
 
Ukraina Radasi binosi oldida portlash sodir bo'lib, 15 nafar militsiya xodimi jabrlandi

Ukraina parlamenti qarshisida uyushtirilgan namoyish vaqtida kuchli portlash sodir etildi va tartibsizlikni to'xtatishga urinayotgan militsiyaning kamida 15 nafar xodimi jarohatlandi. Bu haqda 112.ua telekanalida xabar qilindi.

Voqea joyidan jonli ravishda efirga chiqqan jurnalistning aytishicha, portlashdan keyin yo'lda qon ko'lmagi paydo bo'lgan, ba'zi jurnalistlar ham tibbiy yordamga muhtoj bo'lishgan.

Boshqa OAVlarda aytilishicha, portlash asoratlari u qadar vahimali emas.

Ayni vaqtda Oliy Rada qarshisidagi Konstitutsiya maydonidagi namoyishchilarni tarqatish uchun huquq-tartibot organlari xodimlari ko'zdan yosh sizdiruvchi gaz qo'llamoqda.

Namoyishchilar esa militsiya va organlar xodimlariga qarata shisha idishlar va tosh bo'laklari uloqtirishmoqda.

Namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishni maqsad qilishgan. Militsiya safiga esa qo'shimcha kuchlar etib kelmoqda va zarur bo'lsa keskin choralar ko'rilishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Ukraina IIV xodimining ma'lumot berishicha, namoyish vaqtida o'ta faol harakat qilganlardan biri hibsga olingan.

OAVlardan birining ma'lumotiga ko'ra, namoyishchi guruhlardan biri o'zini o'rab olgan militsiya kuchlarini yorib o'tishga muvaffaq bo'lgan.

Biroz oldinroq, namoyishchilar Rada binosini shturm qilishni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz