» » Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri poraxo'rmi?

Закладки Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri poraxo'rmi?

Название:
Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri poraxo'rmi?
Дата:
14-08-2015, 06:55
Автор:
Просмотры:
692
 
Poraxo‘rlikda ayblangan Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri aybini tan olmadi

     Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Serik Ahmetov unga qarshi ilgari surilayotgan ayblovlarni uydirma deb hisoblamoqda va o‘zining aybsiz ekanligini isbotlovchi dalillarni taqdim etishga va’da bermoqda. 
     Ahmetov ishi bo‘yicha asosiy sud mahkamasi 10-avgust, dushanba kuni Qarag‘andi viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo ixtisoslashgan sudida boshlangan edi. Sobiq bosh vazir byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish, pora olish, xizmat mansabini suiiste’mol qilish, qonunga xilof tarzda tadbirkorlik faoliyatida qatnashishda ayblanmoqda.
     Ahmetov bilan birga Qarag‘andi viloyati va Qarag‘andi shahrining bir qator sobiq amaldorlari sudlanmoqda, ular ham korrupsiyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.
     Ahmetov oxirgi marta Qozog‘iston mudofaa vaziri sifatida ishlagan edi (2014-yil aprelidan boshlab). Bungacha u Qozog‘iston bosh vaziri (2012-yil sentabridan 2014-yil apreliga qadar), Qarag‘andi viloyati akimi (hokimi) sifatida (2009-yil noyabridan 2012-yil yanvarigacha) ishlagan. 

Manba: "RIA Novosti” va Daryo

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz