» » Yaponiyada harbiy xizmatchi o‘z uyini bolalari bilan yoqib yuborganligi uchun hibsga olindi

Закладки Yaponiyada harbiy xizmatchi o‘z uyini bolalari bilan yoqib yuborganligi uchun hibsga olindi

Название:
Yaponiyada harbiy xizmatchi o‘z uyini bolalari bilan yoqib yuborganligi uchun hibsga olindi
Дата:
6-07-2015, 18:01
Автор:
Просмотры:
718
 
 
 
     Yaponiyaning mudofaa kuchlari xodimi o‘tgan oqshomda o‘z uyini qasddan yoqib yuborganlikda gumon qilinib hibsga olindi. Uydagi sakkiz nafar boladan to‘rt nafari tiriklayin yonib ketdi, deb xabar beradi "RIA Novosti”.

     Kitsuki shahridagi ikki qavatli yog‘och uy yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi yonib ketdi. Ushbu uyda o‘n kishidan iborat oila yashab kelgan. Oilaning uch yoshdan 17 yoshacha bo‘lgan sakkiz nafar farzandi bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirishning iloji bo‘lmadi, ota-ona kichik qizi bilan yonayotgan uydan qutulib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq ularning to‘rt nafar bolasi yonib ketdi.

     6-iyul, dushanba kuni politsiya 40 yoshli oila boshlig‘ini hibsga oldi. Dengiz mudofaa kuchlari leytenanti Kenitiro Suemune o‘z aybini tan oldi. Politsiya hodisa sabablarini aniqlamoqda.
 
Manba: Daryo

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?