» » Dunyo boylarini chuv tushirgan ustasi faranglar

Закладки Dunyo boylarini chuv tushirgan ustasi faranglar

Название:
Dunyo boylarini chuv tushirgan ustasi faranglar
Жанр:
Дата:
20-06-2015, 03:30
Автор:
Просмотры:
790
 
 
 
Dunyo boylarini chuv tushirgan ustasi faranglar

     1872 yilning qishi. Londonga ish yuzasidan tashrif buyurgan amerikalik moliyachi Esberi Xarpending AQSh ning g’arbida olmos koni topilganligi haqida telegramma oladi. O’sha  vaqtlarda olmos vasvasasi kuchaygani bois avvaliga Esberi telegrammaga  u qadar ishonmaydi. Ammo muallif Kaliforniyadagi bank xujayini, do’sti Vilyam Relston ekanligini ko’rib, qiziqib qoladi. Bu ishi uning uchun ancha qimmatga tushishini bilganida edi.
OLMOS KONI ASLI BO’LGANMI?

     Bu vaqtda esa San-Frantsiskoda olmos «epidemiyasi» boshlangan edi. Hammaning tilida olmos koni va uni aniqlagan ikki kishi Filipp Arnold va Jon Slek. Xazina sohiblari Vayoming shtatida topilgan olmos konining joylashuvini sir saqlashardi. Bir necha oy ilgarni konga geologni olib borishganida ham aylanma yo’llardan foydalanishgan. Mutaxassis konda ishlayotgan ishchilarni o’z ko’zi bilan ko’rgach, yangi olmos koni topilgani haqidagi xabar yashin tezligida tarqalib ketdi. Geolog kondan olingan bir nechta qimmatbaho toshlarni zargarlarga ko’rsatadi. Zargarlar uning asl toshligini tasdiqlaydi.

BIRINChI KELIShUV

     Kondan topilgan olmoslarga qiziqib qolgan Xarpending va Relston toshlarning haqiqiyligini yana bir bor tekshiruvdan o’tkazish uchun Arnold va Slekni Nyu-Yorkka taklif etishadi
     Nyu-Yorkda o’sha zamonning barcha kazo-kazo amaldorlari yig’ilgan bo’lib, barchasining o’y-fikri olmos konida edi. Tiffani kondan keltirilgan tosh haqiqatan ham qimmatbaho ekanligini tasdiqlagach, yig’ilganlar hayajonlarini arang jilovlay olishdi. Barcha bir – biriga bildirib-bildirmay kondan manfaatdor edi. Amaldorlar kondagi qazishma ishlariga sarmoya kiritishdan avval ular tomonidan vakil yuborilib,  yana bir bor qayta tekshiruv o’tkazilishini ma’lum qilishadi. Ularning taklifini go’yo xohlamay qabul qilgan Slek va Arnold vakil bilan San-Frantsiskoga qaytishadi.

BUNAQASI BO’LMAGAN EDI

     Sarmoyachilar tomonidan taklif etilgan mutaxassis mamlakatdagi eng mashhur geologlardan biri Luis Janin edi. Olmos koniga etib kelgach, odatiga ko’ra qazishma ishlarini qaytadan boshlaydi va oradan hech qancha vaqt o’tmay, sapfir, olmos va javohirlarni tuproq aralash qumdan ola boshlaydi. Xerpendingga ulkan xazina haqida xabar qiladi. «Bunaqasi hali bo’lmagan! Boyib ketasizlar!»
     Boylik vasvasasiga laqqa tushgan amaldorlar qanday bo’lmasin konni qo’lga kiritishni istashadi. Buning uchun esa Slek va Arnolddan qutulish kerak edi. Sarmoyachilar o’zaro maslahatlashib, ular bilan shartnoma imzolashni ma’qul topishadi. Shartnomaga ko’ra Slek va Arnold 700 ming AQSh dollari evaziga konga egalik qilish huquqini sarmoyachilarga berishlari kerak edi. Biznes ishidan xabari yo’q ikkisi ularning taklifini qabul qilib, 700 ming AQSh dollarini olishadiyu, koni topshirishadi.

ASLIDA ESA…

     Aslida Arnold va Slek oldindan puxta reja tuzishadi. Dong’i ketgan amaldorlarni chuv tushirishning o’zi bo’lmaydi. Shu bois ularning ishtahasini qitiqlaydigan hiyla o’ylab topish kerak. Ana shunday xayollar bilan ikkisi olmos koni haqidagi uydirmani ovoza qilishadi. O’zlarini esa hech vaqoni tushunmaydigan sodda odamlardek tutishadi.
     Rejani boshlashdan oldin ikkisi Evropaga safar uyushtirishadi. Oltin qazishmalari payti qo’lga kiritgan 12 ming AQSh dollari evaziga bir qancha qimmatbaho toshlar xarid qilinadi. So’ngra «yangi»  kon uchun joy topiladi. Bir kun davomida toshlarni er ostiga sochib, yashirilib, ertasiga birinchi geolog chaqiriladi. Tiffani va boshqa zargarlar toshlarning oxanrabosiga mahliyo bo’lib, kon haqidagi so’zlarga chipa-chin ishonishadi. Nyu-Yorkdan qaytishgach, sarmoyachilarning vakili kelguniga qadar Amsterdamga borib kelgan Arnold va Slek bir qop ishlov berilmagan qimmatbaho toshlarni sotib olib, qazishma eriga joylashtirishadi. Janinning olmoslarni topishi, sarmoyachilar taklifi va 700 ming AQSh dollarlik shartnoma.
     Ulkan nayrang Xarpendingga qimmatga tushdi. Nafaqat kompaniyasi balki nomiga ham putur etadi. Firibgar Slek o’ziga tegishli ulushni olib g’oyib bo’ladi. Arnold esa Kentukiga, oilasi yoniga qaytadi. Aytishlaricha o’sha erdagi fermasini kengaytirib, keyinchalik bank ochgan ekan.


YuLDUZ tayyorladi, "Darakchi"

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz