» » Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan O’zbekiston Prezidenti etib saylandi

Закладки Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan O’zbekiston Prezidenti etib saylandi

Название:
Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan O’zbekiston Prezidenti etib saylandi
Жанр:
Дата:
31-03-2015, 05:20
Автор:
Просмотры:
2236
 
 

Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan O’zbekiston Prezidenti etib saylandi

 

     O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 29 mart, yakshanba kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Prezidenti saylovi dastlabki natijalarini e’lon qildi.

     Unga ko’ra, amaldagi Prezidenti Islom Karimov 90,39 foiz ovoz (17,127 milliondan ortiq saylovchi ovoz bergan) bilan keyingi besh yil muddatga O’zbekiston Prezidenti etib saylandi.

     MSK raisi Mirzo-Ulug’bek Abdusalomovning ma’lum qilishichA, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, saylovda nomzodlar Akmal Saidov 3,08 foiz, Hotamjon Ketmonov 2,92 foiz, Narimon Umarov esa 2,05 foiz ovoz to’pladi.

     Saylov byulletenlarining 1,5 foizi haqiqiy emas deb topilgan.


 

Ma’lumot uchun

     O’zbekistonda ilk Prezident saylovi 1991 yil 29 dekabrda o’tkazilgan bo’lib, unda Xalq-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Islom Karimov 87,1 foiz ovoz bilan g’olib chiqqan; saylovdagi ikkinchi nomzod – "Erk” demokratik partiyasidan Muhammad Solih 12,5 foiz ovoz to’plagan.

 

     2000 yil 9 yanvarda bo’lib o’tgan ikkinchi Prezident saylovida davlat rahbari o’rni uchun amaldagi Prezident Islom Karimov ("Fidokorlar” partiyasidan) va faysaluf Abdulxafiz Jalolov (Xalq-demokratik partiyasi) bellashgan. Saylovda Islom Karimov 95,7 foiz ovoz bilan g’alaba qozongan, Jalolov saylovchilarning 4,3 foiz ovozini to’plagan.

     2007 yil 23 dekabrda bo’lib o’tgan navbatdagi Prezident saylovida O’zLiDePdan nomzod sifatida ishtirok etgan Islom Karimov 90,76 foiz ovoz bilan ikkinchi marta etti yillik muddatga saylangan. Boshqa nomzodlar – O’zXDPdan Asliddin Rustamov, "Adolat” SDPdan Dilorom Toshmuhamedova va mustaqil nomzod Akmal Saidov mos ravishda 3,27, 3,03 va 2,94 foizdan ovozni qo’lga kiritgan.

 

 
Manba:Kun

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz