» » Mail.ru group "В Контакте"dan o'zib ketdi!

Закладки Mail.ru group "В Контакте"dan o'zib ketdi!

Название:
Mail.ru group "В Контакте"dan o'zib ketdi!
Жанр:
Дата:
17-09-2014, 05:03
Автор:
Просмотры:
1088

 
Mail.ru group Vkontaktedan o'zib ketdi

Ijtimoiy tarmoqni 2 mlrd dollardan yuqori narxga baholashdi

     Rossiyaning yirik ijtimoiy tarmog'i sanalmish VK.Com Limited tasarrufida bo'lgan Vkontakteni 48.01% ulushini Mail.ru Group sotib olmoqchi ekanligini e'lon qildi. Blesmir Development Limited va Palagon Limited sotuvchi sifatida faoliyat yuritishdi va bitim 16-sentyabr kuni poyoniga yetdi. Endilikda Alisher Usmonovning internet-xoldingi Vkontaktening yagona egasi hisoblanadi. Bitim narxi 1.47 mlrd dollarni tashkil etdi. Aksiya qiymatidan avvalgi olingan 52% aksiya qo'shib hisoblanganda VKontaktening narxi 2.07 mlrd dollarga baholandi. Mail.ru Group ulushini to'lash uchun Gazprombankdagi 22.2 mlrd rubl (585 mln dollar) to'rt yillik kreditini sarfladi.

     Bundan tashqari, UCP, Mail.ru va ijtimoiy tarmog asoschisi Pavel Durov bitimni imzolash bilan bir vaqtning o'zida sud jarayonlarini to'xtatish va da'vo arizalarini bekor qilishga kelishib olishdi. "Biz UCP dagi Vkontakte ulushining 48.01 % ni olganimizni ma'lum qilishdan mamnunmiz. VKning 100% birlashuvi va aksionerlar o'rtasidagi mazkur bahs-munozaralarning barham topishi e'tiborni mahsulotga qaratish va uning kelgusida ravnaq va rivoj topishiga imkon beradi", - dedi Mail.ru Groupning bosh direktori Dmitriy Grishin. Durov o'zining sobiq hamkorlarining Telegram loyihasiga nisbatan bo'lgan da'volaridan voz kechishganliklari va barcha amerika faollarini uning nazorati ostiga topshirishga qaror qilishganini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. VKontaktening sobiq rahbari kelishuvda ishtirok etgan barcha tomonlarni tabrikladi.

     Ilya Sherbovichning UCP fondi 2013 yilning bahor oyida VKontaktening 48%ni kompaniya asoschilaridan Vyacheslav Mirilashvili va Lev Levievdan sotib olgandi. Yangi aksioner ijtimoiy tarmoq va kompaniya rahbariyati, xususan, shaxsan Durov tomonidan o'ziga nisbatan hujumlar uyushtirilayotganini ma'lum qilgan. Investor Telegramni muhokama qilishga uringan va tashkilot asoschisini yirik miqdordagi mablag'larni o'zlashtirishda ayblagan. Yarim yil ilgari UCP Mail.ru Groupga o'z ulushini sotib olishni taklif qilgan, sentyabr oyida esa kelishuvlar haqidagi dalolat o'z isbotini topdi.  
 
Rossiya matbuoti asosida Maqsudbek (UzTim) tarjimasi
Boshqa saytlar ko'chirganlarida manba va tarjimon ko'rsatilishi shart!

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?