» » Xakerlar eBay foydalanuvchilari parollarini o‘g‘irladi

Закладки Xakerlar eBay foydalanuvchilari parollarini o‘g‘irladi

Название:
Xakerlar eBay foydalanuvchilari parollarini o‘g‘irladi
Дата:
23-05-2014, 05:11
Просмотры:
972
 

     Xakerlar onlayn oldi-sotdi maydoni – eBay ma’lumotlar bazasiga buzib kirdi. eBay’ning rasmiy xabarida aytilishicha, yomon niyatli kishilar qo‘liga shifrlangan parollar va boshqa shaxsiy ma’lumotlar tushgan bo‘lishi mumkin.Yaqin orada      eBay o‘z saytida, shuningdek, foydalanuvchilarga alohida yuboriladigan xabarida ulardan o‘z akkauntlari parollarini almashtirishni so‘raydi.

     Xakerlar hujumi fevral oxiri – mart boshlarida ro‘y bergan bo‘lib, eBay xodimlarining ro‘yxatga olish ma’lumotlari ularning qo‘liga tushgani ikki hafta avval, ma’lumotlar bazasiga kirilgani esa yaqinda ma’lum bo‘ldi.

     Biroq bank kartalari haqidagi va maxfiy saqlanadigan shaxsiy ma’lumotlar ushbu bazada mavjud bo‘lmagan. "Servis bilan ishlashda foydalaniladigan moliyaviy ma’lumotlar shifrlangan formatda alohida saqlanadi”, – deyiladi kompaniya xabarida.

     eBay’dagilar hujumdan so‘ng foydalanuvchilar akkauntlari orqali hech qanday firibgarlik faoliyati amalga oshirilmaganini ta’klidlamoqda. Biroq ular hodisa ko‘lamini oshkor qilmayapti.

Manba: Daryo
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz